Faculty

Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti

Biologiya, kimyo, geografiya va tibbiyot yo‘nalishlari.

Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti biologiya, kimyo, geografiya hamda umumiy va klinik tibbiyot sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultet zamonaviy laboratoriya va amaliyot bazalariga ega.

Kafedralar

Biologiya kafedrasi

Biologiya kafedrasi biologiya, biotexnologiya va ularni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.

Kimyo kafedrasi

Kimyo kafedrasi 2001-yilda Tabiatshunoslik fakulteti negizida “Kimyo va ekologiya” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra hududda kimyo ta’limini rivojlantirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Geografiya kafedrasi

Geografiya yo‘nalishi 1998-yilda Tarix fakulteti tarkibida ochilgan va keyinchalik alohida Geografiya kafedrasi sifatida shakllangan. Kafedra geografiya va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi

Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi bo‘lajak tibbiyot mutaxassislariga anatomiya, fiziologiya va boshqa fundamental tibbiy fanlardan ta’lim beradi.

Klinik fanlar kafedrasi

Klinik fanlar kafedrasi 2024-yil sentyabrida “Tabiiy fanlar va tibbiyot” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedrada davolash ishi va pediatriya mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar tahsil oladi.

Xodimlar

NS

Nuraliyev Samatjon Raxmonqulovich

Kimyo kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

SS

Shodiyev Sanjar Ro‘ziqulovich

Geografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari doktori, professor

XO

Xushvaqtov O‘tkir Shonazarovich

Klinik fanlar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent