E'lonlar

E’lon! 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Hurmatli talabalar, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash masalalari boʻyicha savollarga javob olish va tegishli hujjatlaridan (akademik maʼlumotnoma, transkript) nusxa olish uchun @nasirov_55 ga yoki +998905002055 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.